PEDAGOGIKA FANINING RIVOJLANISHI VA ASOSIY MASALALARI
Abstract
Pedagogika fani hozirgi davrda har qachongidan ham muhim rivojlanish davriga kirdi. Chunki mustaqil O'zbekiston Respublikasining kelajagi unda kamol topayotgan yosh avlod tarbiyasiga bog'liq. “Ta'lim to'g'risida”gi Qonun Birinchi Prezidentimiz I.Karimov O'zbekiston Respublikasi Oliy majlisining I - chaqiriq 2-sessiyasida “O'zbekiston siyosiy – ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari” haqida qilgan ma'ruzasida pedagogik tadqiqotlar oldiga muhim talablar qo'ydi. “Zamonaviy yuksak texnologiyalarda ishlay oladigan, bozor Qonunlariga mos yangicha fikrlay biladigan mutaxassislarni tayyorlash hozirgi kun vazifasi” ekanligi va buning uchun “Maktab-o'rta-oliy ta'lim, ilmiy – tadqiqot institutlari shaklidagi ilmiy – ma'rifiy komplekslarni vujudga keltirish lozimligini ta'kidladi. Pedagogik ilmiy – tadqiqot ishlari bilan faqat ilmiy hodimlargina emas, balki maktab o'qituvchilari ham shug'ullanishlari, ularning ijodiy ishlari ta'lim- tarbiya jarayonini takomillashtirishga xizmat qiladi.
Not yet translated