Skip to main content
Other

BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARINI IJODIY FAOLIYATGA YO'LLASH

ABI

Abstract

Bugungi kunda ilmiy, uslubiy adabiyotlarda «ijod», «ijodkorlik» kabi atamalarni uchratib qolmoqdamiz. Bu atamalarning adabiyotlar sahifalarida paydo bo’lganligi bejiz emas. “Ijod” so’zining lug’aviy ma’nosi: «yaratish», «yangilikni kashf etish» so’zlariga monand keladi. Ijodkorlik - faoliyatning turli holatlarida paydo bo’ladi. Qiziqish ilhom, intilish va boshqalar ijodkorlikning inson ongida eng oliy tarzda paydo bo’lishidan, namoyon bo’lishigacha jarayonini o’z ichiga oladi. SHaxsda faoliyat ehtiyoji faoliyatda yangi ilgari maqsad qilib qo’yilmagan, hal etuvchi vosita bo’lib hisoblanmagan intilishdir. Ijodkorlik- sifat jihatdan yangi, moddiy va ma’naviy boyliklar yaratuvchi inson faoliyati jarayoni. Ijodkorlik o’zida insonning mehnatda namoyon bo’lgan qobiliyatini ifodalaydi. Ob’ektiv olam qonuniyatlarini bilish asosida xilma-xil ijtimoiy ehtiyojlarini qanoatlantiradigan yangi haqiqatni yaratadiganday mehnat ijod bo’lishi mumkin. Ijod turlari bunyodkorlik faoliyati bilan belgilanadi: ixtirochi, tashkilotchi, mehnati ilmiy va badiiy mehnat va boshqalar. Ijodiy faoliyat uchun imkoniyatlar ijtimoiy tish va rivojlantirish bo’yicha texnologik harakat-bolalar ijodkorligi natijalarini ta’minlash yo’lidir. Quyida evristik vaziyatlar tayyorlash va o’tkazish bo’yicha o’qituvchilar uchun texnologik yo’l-yo’riqlar haqida fikr yuritamiz: 1. Izlanuvchi vaziyatning asosiy ta’limiy ob’ektini (narsa, tushuncha, hodisa, jarayon, an’ana, buyum va boshqalar). Bunda ob’ekt va bolalar uchun qiziqarli bo’lgan muammoni aniqlash; bolalarga ularning o’rganilayotgan ob’ekt bilan shaxsiy ichki aloqasini topishga yordam berish, ular uchun shaxsan ahamiyatli muammolarni qanday tayyorlash bo’yicha o’ylashga yo’naltiradi. Buning uchun shaxsiy tajriba va o’quvchilarning qo’yiladigan ta’limiy natijalari taxminlanadi. 2. Bolalarga yechimi noma’lum bo’lgan muammo yoki topshiriq beriladi. Ushbu topshiriqni amalga oshirish sinfda ta’limiy ko’tarinkilik hamda o’quvchilar topshiriqni bajarish orqali o’zlarining faolligini namoyon etgandagina samarali bo’ladi. Topshiriqning ta’riflanishi muammoni jamoa bo’lib muhokama qilishning natijasi bo’lishi mumkin. Bolalar tomonidan ta’riflangan topshiriq shunchaki qiziqarli emas, balki o’qituvchi uchun yangilik bo’lsagina maqsadga erishilgan bo’ladi. 3. O’quvchining o’zi paydo bo’lgan yoki yaratilgan vaziyat (topshiriq)ni shaxsan hal etishga imkoniyat yaratish. Evristik vaziyatning asosiy bosqichi sanaladi. Bunda har qanday ta’lim natijasidan ijod belgisini aniqlash lozim. 4. o’quvchilarning ta’limiy ijod namunalarining namoyish etish: she’rlar, rivoyatlar, topshiriqlar, ta’riflar, ramzlar, rasmlar, loyihalar va shu kabilarni jamoaga muhokama etib, ko’rgazmalar tashkil etish, o’zaro yozma taqrizlar yozdirish, ma’ruzalar bilan chiqishlar qilish. 5. Ta’limiy ijod namunalari namoyish etilgandan keyin rasmlar, rivoyatlar, ta’riflar, olimlarning fikrlari, darsliklaridagi ma’lumotlar, shaxsiy bilim va tasavvurlari bilan asoslay olish. 6. Bolalarning ijod namunalarini qiyoslash, solishtirish, tasniflash bo’yicha faoliyatini tashkil etish. O’quvchilar tomonidan o’z qarashlari yoki ijod namunalarini aniqlash hollari yuz bersa, ularga o’z nuqtai nazarlarining o’zgarish sababalrini tushunishlarida ko’maklashiladi. Ta’limiy vaziyatlarning rivojlanishi ta’minlanadi. 7. O’quvchilarning bilishga oid qo’llanilgan usullarni, paydo bo’lgan muammo va uni yechish yo’llarini tushunishi bo’yicha fikr yuritish, tahlil etish. O’quvchilarga individual tarzda erishgan natijalarini aniqlashda ko’maklashishi. Jamoa bo’lib yaratilgan ta’limiy natijalarini aniqlash. Izlanuvchi ta’limiy vaziyatlarning davomiyligi o’zgarib turadi, ular o’zaro aloqadagi vaziyatlar zanjiri ham bo’lishi mumkin. Izlanuvchi vaziyatlar tamoyillarida izlanuvchi ta’limni tashkil etishdarajasi: Boshlang’ich ta’lim dasturlari, o’qitilayotgan o’quv predmetlarining tahliliy natijalari shuni ko’rsatadiki, 1-4- sinf o’quvchilarida ijodiy faoliyatni shakllantirishni bir necha bosqichda amalga oshirish uchun imkoniyat yaratilgan, jumladan, darsda o’quvchilarning ijodiy faoliyatiga yo’naltirilgan o’quv materiallarini to’g’ridan -to’g’ri taqdim qilinishi belgilanmagan bo’lsa-da, mahoratli o’qituvchi o’z faoliyatini o’quvchilarning ijodiy faoliyatini shakllantirishni turli metodlar asosida amalga oshirishi mumkin. Og’zaki so’rash; yozma ishlar o’tkazish; amaliy ishlarni bajarish; turli didaktik o’yinlar o’tkazish orqali o’quvchilarning ijodiy faoliyatini shakllantirish mumkin. Masalan, boshlang‘ich sinflarning «Ona tili va o‘qish savodxonligi» darsida bolalarning ijodiy faoliyatini shakllantirish uchun o’quv materiallarida berilgan tushunchalar konkret – induktiv metod vositasida o’rganilishi va o’qituvchining mohirona darsni tashkil qilishi natijasida ularda ijodiy faolllikning oshishiga zamin yaratilishi mumkin. Bunda o’quvchilar avval o’qituvchining topshiriqlarini bajargan holda o’rganilayotgan tushunchaning umumiy xossalarini aniqlaydilar, so’ngra o’qituvchi rahbarligida ta’rifni mustaqil holda tuzishga harakat qiladilar. Yangi tushuncha kiritishning bu yo’li ayniqsa quyi sinflarda o’z samarasini beradi. Bundan tashqari konkret induktiv yo’l orqali tushunchalarni kiritish jarayonida muammoli vaziyatlar hosil bo’ladi, buning natijasida o’quvchilarda ijodiy fikrlash qobiliyatlari shakllanadi. Fikrimizning dalili sifatida 4-sinflarga mo’ljallangan «O’qish» o’quv predmetida keltirilgan Kaykovusning «Ota va ona haqini bilmak» hikoyasini o’rganishni konkret – induktiv metod orqali olib borilishini misol qilib keltiramiz:Boshlang‘ich sinflarda adabiy tushunchalar va badiiy vositalar ustida ishlash o‘quvchilarning ijodiy tafakkurini o‘stirishga, ularda jonlantirish, o‘xshatish, mubolag‘a kabi adabiy tushunchalar yuzasidan dastlabki tasavvur hosil qilishga yordam beradi. O‘qish metodikasi adabiyotshunoslik, psixologiya, pedagogika ishlab bergan nazariy qoidalarga asoslanadi. Sinfda o‘qishni to‘g‘ri uyushtirish uchun o‘qituvchi badiiy asarning o‘ziga xos xususiyatlarini, ta’limning turli bosqichlarida o‘qish jarayonining psixologik asoslarini, kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning matnni idrok etish va o‘zlashtirish xususiyatlarini hisobga olishi zarur. O‘qish ta’limi bo‘yicha o‘quvchilarni faqat matn bilan tanishtirish yordamida dastur talablariga javob berib bo‘lmaydi. Negaki, matn tagzaminidagi tarbiyaviy g‘oya uni tushunish, idrok qilish natijasidagina ochiladi. Boshqacha aytganda, har qanday asardagi sehr-joziba matn zaminidagi yashirin mazmun-mohiyatni anglab yetilganda o‘quvchi diqqatini o‘ziga jalb etishi mumkin. Bunga adabiy-nazariy tushunchalarni o‘zlashtirish, adabiy tahlil malakalarini shakllantirish orqali erishiladi. Asar tahlili jarayonida o‘qituvchi savollariga o‘quvchilarning o‘z so‘zlari bilan javob berishi ham matnda tasvirlangan voqea-hodisalar yuzasidan mantiqiy fikrlashga, qahramonlarning xatti-harakatlarini to‘g‘ri baholashga yaqindan yordam beradi.Bugungi kunda mustaqillik tufayli amalga oshirilayotgan ta’lim islohotlari o’z ishiga ijodiy yondashuvchi, fan , texnika, san’at, ishlab chiqarishning jadal rivojlanishiga o’z hissasini qo’shadigan yuksak malakali kadrlar tayyorlashga bog’liq. SHunga ko’ra, jamiyat taraqqiyoti talabalaridan kelib chiqqan holda har bir o’quvchini ijodkorlik ruhida tarbiyalash muhim va zarurdir. Psixolog olim N.D.Levitov ijodiy faoliyatni quyidagi mezonlar asosida vujudga kelishini isbotladi1: tafakkurning mustaqilligi; o’quv materialining o’zlashtirilishi, tezligi va mustahkamligi; standart bo’lmagan vazifalarni hal qilishda, aqliy chamalashning (topqirlikning) tezligi; o‘rganib chiqilayotgan hodisalarning mohiyatiga chuqur kirib borish orqali muhim bo‘lmagan narsadan muhimini ajrata bilish. Boshlang’ich ta’limda o’quvchilar ijodiy faoliyatini shakllantirish shart-sharoitlari deganda, avvalo ana shu shart-sharoitlarning paydo bo’lishi, amalga oshishi hamda rivojlanishi jarayoni tushiniladi. Ular quyidagilardan iborat : O’quvchilar ijodiy faoliyatini shakllantirishda ularning bu borada egallashi lozim bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalari. Ijodiy faoliyatni shakllantirishda nazariy bilimlar bilan amaliyotning aloqadorligi. Ijodiy faoliyatni shakllantirishga doir mashg’ulotlar evristika muammoli vaziyatlar yaratish. O’quvchilarning ijodiy faoliyatini shakllantirishga texnologik yondashuv. Pedagogikaning asosiy vazifalaridan biri barcha bolalarning ijodiy faoliyati har tomonlama rivojlanishini ta’minlaydigan shart-sharoitlar yaratishdan iborat. Shu bilan bir qatorda muayyan sohalarda chuqur qiziqishlarini, intilishi va qobiliyatini namoyon qilayotgan o’quvchilarni aniqlash, ularga bundan keyingi rivojlanishi uchun barcha imkoniyatlarni yaratib berish lozim. Buning uchun esa: kichik maktab yoshidagi o’quvchilarning ijodiy faoliyatini rivojlantirishga doir shart-sharoitlar yaratish muhim ahamiyat kasb etadi.O’quvchilar ijodiy faoliyatini rivojlantirishga doir innovatsion faoliyatga tayyorlash. O’qituvchi va o’quvchilar munosabatida hamkorlik faoliyatini vujudga keltirish. Ijodiy faoliyatni rivojlantirishda bilishga doir innovatsion texnologiyalardan foydalanish. Hozirgi davrda o’quvchilarning biror- bir haqiqatni mustaqil izlashi va kashf etishi bilan bog’liq bo’lgan evristik va muammoli ta’lim o’quv-biluv jarayoniga faol kirib kelmoqda.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references