BOLALARDA KATTA CHARVINI BURALISHINI DAVOLASH VA DIAGNOSTIKASIDA ENDOVIDEOXIRURGIYA TEXNOLOGIYALARINI QO'LLASH SAMARADORLIGI
Abstract
Ushbu maqolada bolalar qorin bo‘shlig‘ida juda kam uchraydigan katta charvini buralishi bilan 12 nafar bemor bolalarni<strong> </strong>davolash va diagnostika tahlillari keltirilgan. Bulardan 8 nafarida birlamchi charvi buralishi uchragan bo‘lsa, 4 nafarida esa ikkilamchi charvi buralishi aniqlangan. 12 nafar bemor bolalarda endovideolaparoskopik usulida charvi rezeksiyasi bajarilgan bo‘lib, shulardan 1 nafarida qo‘shimcha appendektomiya amaliyoti bajarildi. Katta charvini kistasi bilan 1 nafar bemorda videolaparoskopik rezeksiyasi bajarildi. Qorin bo‘shlig‘i travmasi bilan tushgan bemorda yuqori o‘rta laparotomiya amaliyoti bajarilib, konversiyaga o‘tildi. Operatsiya mahali va operatsiyadan so‘nggi davrlarda asoratlar kuzatilmadi. Gistologik tekshiruv jarayonida katta charvida gangrenoz omentit belgilari aniqlandi. Endovideolaparoskopik texnologiyalarni qo‘llab operatsiyalar bajarish, kasalikka aniq tashxis qo‘yish, bir vaqtni o‘zida charvi rezeksiyasini bajarishga erishish, ikkilamchi charvi buralishi etiologik omillarini aniqlash imkonini yaratadi.
Not yet translated