Skip to main content
Article

Ingliz tilini o‘qitishda kulturologik yondashuvni qo‘llashning afzalliklari

Umut QodirovDoktorant, Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, Samarqand, O‘zbekiston
ABI

Abstract

Maqaolada kulturologik yondashuv asosida chet tili (ingliz tili)ni o‘qitishdagi afzalliklar bayon etilgan. Chet tilini o‘qitishda madaniy komponentlarni jalb etish va o‘rganilayotgan tilda muloqot qilish qobiliyatini shakllantirish - bu amaliy maqsadga erishish uchun mutlaqo zarur hisoblanadi. Shunday qilib, chet tilida so‘zning haqiqiy ma’nosini anglagan holda muloqot qilishni o‘rganish ijtimoiy-madaniy bilim va ko‘nikmalarni yetarli darajada egallashni talab etadi. Kulturologik yondashuv beshta vazifani amalga oshiradi: rivojlantiruvchi, ta’limiy, tarbiyaviy, kognitiv va kasbiy. Chet tilini kulturologik yondashuv doirasida o‘qitish o‘qituvchi va o‘quvchilarning birgalikdagi faoliyati bilan amalga oshadi, bunda birinchi navbatda, bilim, ko‘nikma va malakani tinglovchilarda shakllantirish, ikkinchisi esa bu bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirish va tatbiq etish; ijtimoiy jarayon sifatida esa ijtimoiy-iqtisodiy tajribani o‘zlashtirish va jamiyat taraqqiyotining ehtiyojlari bilan belgilanadi. Shu bilan birga, O‘zbekiston ilmiy adabiyotlarida universitet talabalariga virtual darslarda ingliz tilini o‘rgatishning zamonaviy muhiti va sharoitida kulturologik yondashuvni qo‘llash muammolariga bag‘ishlangan keng qamrovli tadqiqotlar mavjud emas, bu bizning ishimizning dolzarbligini ko‘rsatadi.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references