Skip to main content
Article

Tarbiya fanini oʻqitish jarayonida oʻquvchilarda tanqidiy fikrlashni shakllantirish texnologiyalari tavsifi

Go‘zalxon TajiboyevaO‘qituvchi, Boshlang‘ich ta’limda ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitish metodikasi kafedrasi, Namangan davlat universiteti
ABI

Abstract

Boshlangʻich ta’limda oʻqituvchi tomonidan oʻquvchilarni ijodiy izlanish, faollik, erkin, mustaqil va tanqidiy fikr yuritishga yoʻnaltiruvchi ta’lim shakli, metod va vositalarning toʻgʻri tanlanishi darslarning qiziqarli, bahs-munozaralarga boy boʻlishi, ijodiy tortishuvlarning yuzaga kelishiga turtki beradi. Shunday holatdagina oʻquvchilar ta’lim jarayonida tashabbusni oʻz qoʻllariga oladilar, oʻqituvchining vazifasi esa ularning faoliyatini yoʻnaltirib turish, murakkab vaziyatlarda yoʻl-yoʻriq koʻrsatish, maslahatlar hamda ular faoliyatini baholashdan iborat boʻladi. Mazkur maqola Tarbiya fanini oʻqitish jarayonida oʻquvchilarda tanqidiy fikrlashni shakllantirishda zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha tahlillar va takliflar haqida so‘z yuritadi.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references