BROYLER JO'JALARI RATSIONIDA OZUQALARNI HAZMLANISHIGA MAHALLIY LAKTOBATSILLA BAKTERIYA SHTAMMLARINI TA'SIRI
Abstract
Probiotik bakteriyalar shtammlarining ozuqa qo‘shimchasi sifatida broyler jo‘jalarining ratsionida qo‘llash va ozuqalarining hazmlanishiga ta’sirini o‘rganish. Tadqiqot maqsadiga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilab olindi. Mahalliy laktobatsila shtammlarni ajratish va xususiyatlarini o‘rganish; Probiotiklarni qo‘llash davomida broyler jo‘jalarning tirik vazni, o‘sish darajasini o‘rganish; Probiotiklarning broyler jo‘jalar hazm tizimiga ta’sirini o‘rganish; Probiotik bakteriyalarni broyler jo‘jalarda sinaganda, ulardagi moddalar almashinuvi, qonning morfologik va biokimyoviy ko‘rsatgichlaridagi o‘zgarishlarni o‘rganish; Lactobacillus va Bifidobacterium avlodlariga mansub bakteriyalardan tarkib topgan mahalliy probiotik ozuqaviy qo‘shimchasi. Ilmiy tadqiqot natijasida parrandachilik xo‘jaliklarda probiotiklardan foydalanish ko‘paysa, xorijdan keltiriladigan veterinariya dori moddalari va keyinchalik antibiotiklarni qo‘llashni kamaytirish va o‘rnini bosish imkoniyatini yaratadi va parrandalarni nisbatan tez suratda yеtilishiga erishiladi.
Not yet translated