ZAMONAVIY TA’LIM PARADIGMASIDA XITOY TILINI O‘QITISH MAZMUNINI OPTIMALLASHTIRISH
Abstract
Bugungi kunda xitoy tilini o‘qitish mazmunini optimallashtirishning dolzarbligi har qachongidan ham yuqoridir. Ta’lim tizimi rivojlanishining zamonaviy bosqichi axborot hajmining ortib borishi, uning takomillashuvi va doimiy yangilanib borishi bilan tavsiflanadi. Bugunga kelib ta’lim standartlari, o‘quv dasturlari va darsliklarning mazmuni va ta’limda qo‘llaniladigan texnologiyalar o‘zgarib bormoqda. Shu bilan birga, ta’lim oluvchi o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan ma’lumotlarning miqdori, turlari va uning murakkablik darajasi ham oshib bormoqda. Ta’lim tizimi bunday o‘zgarishlarga, yangilanishlarga doimo tayyor bo’lishi lozim. Mazkur maqolada o‘quv materialining yuqori sifatli o‘zlashtirilishini ta’minlashga qaratilgan, ikkinchi tomondan, ko‘p vaqt va moliyaviy xarajatlarni talab etmaydigan, ta’lim ishtirokchilarining salomatligi va ruhiy xotirjamligiga salbiy ta’sir qilmaydigan ta’lim jarayonini optimallashtirishning zamonaviy tendensiyalari va muammolari ko‘rib chiqildi. Ta’lim jarayonini optimallashtirish belgilab qo‘yilgan vazifalarni hal qilishda ayni damdagi sharoitlarda maksimal samaradorlikni beruvchi yo‘nalish va uslublarning eng maqbul variantini ongli ravishda tanlashni talab etadi. Optimallashtirish konsepsiyasini asoslashda taniqli lingvodidaktiklar va pedagoglarning to‘plangan tajribasi tahlil etildi. Zamonaviy ta’lim paradigmasida xitoy tili ta’limi mazmunini optimallashtirish yo‘llari va tamoyillari ko‘rib chiqildi.
Not yet translated