Skip to main content
Article

YASHIL IQTISODIYOT VA UNING KELAJAKDAGI ISTIQBOLLARI

Erkinov Davronbek YusupovichToshkent kimyo-texnologiyasi instituti, Menejment va kasb ta'limi fakulteti, Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti kafedrasi, 57-20 guruh talabasiKadirov Ulug'bek RavshanovichToshkent kimyo-texnologiyasi instituti, Menejment va kasb ta'limi fakulteti, Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti kafedrasi
ABI

Abstract

<em>Yashil iqtisodiyot har qanday davlatning barqaror rivojlanishini ta’minlashning muhim vositalaridan biridir. Yashil iqtisodiyot deganda aholining turmush darajasi yuqori bo‘lgan, tabiiy resurslardan hozirgi va kelajak avlodlar manfaati yo‘lida hamda mamlakatning xalqaro ekologik majburiyatlariga muvofiq ravishda ehtiyotkor va oqilona foydalanish nazarda tutilgan iqtisodiyot tushuniladi. Maqolada O‘zbekiston misolida ko‘rib chiqiladi. Yangi yashil iqtisodiyot siyosati, taʼkidlanganidek, Oʻzbekiston aholisi farovonligini oshirish, turmush sifatini yaxshilash va mamlakatimizni dunyoning eng rivojlangan 50 ta davlati qatoriga kiritish boʻyicha chuqur tizimli islohotlarga asos boʻladi.</em> <em>Jahon hamjamiyatining eng dolzarb muammolaridan biri bu rivojlanayotgan bozorlar iqtisodiy o‘sishining ishonchli harakatlantiruvchi kuchi bo‘lgan va iqtisodiy inqirozdan chiqish uchun yangi imkoniyatlar yaratuvchi “yashil” iqtisodiyotni joriy etishdir. Maqolada O‘zbekistonning faol iqtisodiy siyosat olib borish orqali iqtisodiyotini “yashil”ga aylantirish borasidagi sa’y-harakatlari tahlil qilingan.</em>

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references