Skip to main content
Article

PVS VA JELATIN BILAN OLINGAN SORBENTLARNI SUVNING SHIMISH XUSUSIYATINI TEKSHIRISH VA UNGA AZOT VA FOSFOR FIKSATSIALOVCHI MIKROORGANIZMLARNI ADSORBSIYA QILISH

Tashmuxamedova Shohista SabirovnaMirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy Universiteti.,Toshkent., Uzbekistan,Rajabov Tolib Toshtemir ogliMirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy Universiteti.,Toshkent., Uzbekistan,Mingnorov SherzodMirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy Universiteti.,Toshkent., Uzbekistan,
ABI

Abstract

Bugungi kunda dunyoda suv resurslari taqchilligi dolzarb masalaga aylanmoqda. Suv resurslariga boʻlgan talabning oshayotgani, suv zaxirasining kamayib borayotgani suvni iqtisod qilish va undan samarali foydalanish mexanizmlarini joriy etishni taqozo etmoqda. Suvni tejaydigan texnologiyalar qishloq xo‘jaligida suv tanqisligi sharoitida yagona alternativ hisoblanadi. Aholini suvdan foydalanish imkoniyatlarini yaxshilash yuqori hosildorlikka olib keladi va bu o‘z o‘rnida oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash va qishloq aholisining ijtimoiy-iqtisodiy farovonligini oshirishga muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Qishloq xoʻjaligi hududlarida suvning mos taqsimotlari va oʻgʻitlar tuproq unumdorligini saqlashda muhim rol o‘ynaydi.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references