Skip to main content
Article

Shaxsning ijtimoiy xavflilik xususiyatini yo‘qotishi munosabati bilan uni jazodan ozod qilish

Elbekjon TurgunboevMustaqil izlanuvchisi, Yuridik fanlari nomzodi, Toshkent davlat yuridik universiteti
ABI

Abstract

Mazkur maqolada muallif jinoyat huquqida shaxsning ijtimoiy xavflilik xususiyatini yo‘qotishi munosabati bilan uni jazodan ozod qilishning o‘ziga xos jihatlarini yoritgan. Jinoyat qonunidagi javobgarlikning muqarrarlik prinsipi har doim ham jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan jinoiy jazo qo‘llanilishi shart va zarurligini anglatmaydi. Shaxsning yoki qilmishning ijtimoiy xavflilik xususiyatini yo‘qotgan hollarda sudlar tomonidan jinoyat ishini ko‘rib chiqishda uni jazodan ozod qilish imkoniyati mavjud bo‘lishi mumkin. Shaxsga bog‘liq bo‘lgan holatlarga ko‘ra, jazodan ozod qilishning asoslari shaxsning ijtimoiy xavflilik xususiyatini yo‘qotishi munosabati bilan jazodan ozod qilish (JK 70-moddasi); aybdorning chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lganligi munosabati bilan jazodan ozod qilish (JK 71-moddasi); shartli hukm qilish (JK 72-moddasi); jazoni o‘tashdan muddatidan oldin shartli ozod qilish; (73-moddasi) jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish (JK 74-moddasi); kasallik yoki mehnat qobiliyatini yo‘qotishi oqibatida jazodan ozod qilish (JK 75-moddasi) kiradi. Muallif maqola yakunida shaxsning ijtimoiy xavflilik xususiyatini yo‘qotishi munosabati bilan uni jazodan ozod qilishni nazarda tutuvchi jinoyat qonuniga o‘zgartirish kiritish yuzasidan taklif ham ishlab chiqqan.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 01 references