Xalqaro munosabatlarni bildiruvchi terminlar: kognitiv va konseptual tahlil
Abstract
Tilshunosligimizning barcha sohalarida nazariy masalalarni tobora chuqurroq, teranroq tadqiq etish sari dadil qadamlar tashlanmoqda, amaliy jihatdan qator ishlar amalga oshirilmoqda. Tadqiqotning asosiy maqsadi xalqaro aloqalarda qo‘llaniladigan terminlarni tilshunoslik nuqtai nazaridan o‘rganish, terminlarning ma‘no va muhim xususiyatlarini aniqlash, maqsad va vazifalarini, ularning tildagi va madaniyatdagi o‘rni va ahamiyatini belgilashdan iborat. Bundan tashqari, ko‘zlangan maqsad o‘z ichiga hozirgi zamon ingliz, rus va o‘zbek tillarining siyosiy terminlarini lingvomadaniyatshunoslikda kognitiv va konseptual tahlil etish, yasalish va leksik–semantik xususiyatlarini o‘rganish kabi quyi maqsadlarni ham qamrab olgan. Shuningdek, ishda rus va ingliz tillaridan o‘zbek tiliga o‘zlashtirilgan terminlarning lingvokulturologik xususiyatlari va muammoli jihatlari tahlil qilindi.
Not yet translated