ARALASH TOLALI IPLARDAN TAYYORLANGAN KUYLAKBOB VA KASTYUMBOP TO'QIMALARNING YANGI ASSORTIMENT YARATISH
Abstract
<em>Ushbu maqolada to‘qimachilikdagi dolzarb masalalar, yangi turdagi aralashma iplardan foydalanib kuylakbop va kastyumbop yangi turlarini yaratish, ularning assortiment turlarini kengaytirish yo‘llari keng taxlili keltirilgan. Kuylakbop va kastyumbop matolar uchun ip tola bozori xam o‘rganildi, kimyoviy tolalar bozorining global hajmi 2022-2030 yilga kelib 117,76 milliard dollarga yetishi kutilmoqda, bu esa CAGR 7,4 foizni tashkil etsa, ipak bozori 2023-2030 yillar prognoz davrida CAGR 6,72 foizni tashkil etgan holda 2030 yilga kelib 36,17 milliard dollargacha kengayishi kutilmoqda. </em><em>Ipak gazlamasining tarkibi, tuzilishi turli- tuman bo‘ladi. Ipak gazlamalar assortimentining 98% ini kimyoviy tolalardan to‘qilgan gazlamalar tashkil qiladi. Savdo preyskuranti bo‘yicha ipak gazlamalar sakkiz guruhga bo‘linadi, har bir guruhda oltita kichik gruppadan iborat.</em><em> Demak, bu o‘z navbatida tolaviy tarkibning turli xil nisbatlarda ishlatilishi, ishlab chiqariladigan to‘qimalarning qaysi maqsadlarda foydalanilishiga bog‘liq ekanligini anglatadi.</em>
Not yet translated