“MEHROBDAN CHAYON” ROMANIDAGI LINGVOPOETIK VOSITALAR HAQIDA
Abstract
ХХ asrgacha bo‘lgan ilmiy tadqiqotlarda til va adabiyot sohalari ayri holda o‘rganilganligi, bu holat matn badiiyatiga jiddiy zarar yetkazib kelganligi, ilmda ushbu qusurga barham berish uchun lingvopoetika sohasi shakllanganligi va lingvopoetika badiiy matndagi uslubiy bo‘yoqli til birliklarining estetik ta’sir yaratish masalasini o‘rganishi aytilgan. O‘zbek milliy adabiyotidagi o‘zbekona ohoriy matnlar ijodkori Abdulla Qodiriyning tarixiy romanlari dunyodagi oltinchi milliy romanchilik maktabiga asos bo‘lganligi sharhlangan. Abdulla Qodiriy boshlab bergan yangi yo‘nalish bois keyinchalik O‘rta Osiyoda qozoq, turkman, tojik, qoraqalpoq va qirg‘iz romanchiliklari shakllanganligi bayon qilingan. Maqolada asos sifatida buyuk o‘zbek yozuvchisi Abdulla Qodiriyning “Mehrobdan chayon” romanida qo‘llangan tovush ikkilanishi, tovush almashishi, morfologik shakllar, lug‘aviy birliklar (sinonim, antonim, sof o‘zbekcha so‘zlar, shevaga xos so‘zlar, frazeologizmlar), badiiy san’atlar (kinoya, o‘xshatish, mubolag‘a, saj), matallar, maqollar, portret, replika-takror kabi ligvopoetik vositalar tahlil qilingan.
Not yet translated