QOVUSHQOQ-ELASTIK TO'G'RI TO'RTBURCHAKLI ORTOTROP PLASTINANING ERKIN TEBRANISHI
Abstract
Maqolada o‘zgarmas qalinlikka ega bo‘lgan qovushqoq-elastik to‘g‘ri to‘rtburchakli ortotrop plastinaning erkin tebranishlari to‘g‘risidagi masalaning turli xil chegaraviy shartlar ostida matematik modeli taqdim etilgan. Kirxgof-Lyav gipotezasidan foydalangan holda o‘zgarmas qalinlikdagi qovushqoq-elastik plastinaning erkin tebranishlari to‘g‘risidagi masalaning geometrik chiziqli matematik modeli ishlab chiqilgan. Egilishning ko‘phadli approksimaksiyasiga asoslangan Bubnov-Galerkin usuli yordamida masala o‘zgarmas koeffitsientli chiziqli integral-differensial tenglamalar tizimini yechishga olib kelinadi. Zaif-singulyar yadro sifatida uchta reologik parametrli Koltunov-Rjanitsin yadrosi tanlangan. O‘zgarmas qalinlikdagi qovushqoq-elastik plastinaning erkin tebranishiga materialning reologik parametrlari, fizik-mexanik va geometrik parametrlarning ta’siri o‘rganilgan.
Not yet translated