The importance of critical thinking in the era of digital technologies
Abstract
Maqolada zamonaviy jahon mehnat bozori talablari doirasida ta’lim masalasidagi kemtiklar haligacha asosiy muammoligicha qolayotgani haqida so`z boradi. Bundan tashqari, yuqori saviyadagi, tizimli fikrlashga ega bo‘lmagan mutaxassislar o‘zlarida ijodiy va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalari bo‘lmagan holda o‘z ahamiyatini yo‘qotib borayotgan an’anaviy kasblarni egallab kelayotganliklari haqida fikrlar keltirib o‘tilgan. Shuningdek, maqolada har qanday vaziyatda tanqidiy fikrlashning shakllanish darajasi shaxsiy va ijtimoiy muvaffaqiyatga, jumladan, bo‘lajak mutaxassisning kasbiy sohadagi raqobatbardoshligiga bog‘liqligi tahlil qilinadi. Bundan tashqari, mashhur britaniyalik olim T.Chatfildning raqamli texnologiyalar haqidagi tushunchalarini takomillashtirish va ulardan ta’limda foydalanish borasidagi metod va maslahatlariga katta ahamiyat qaratilgan. Qolaversa, mazkur ishda 21-asrda muvaffaqiyatga erishish uchun maktablar, universitetlar va kompaniyalar uchun yaxshi mutaxassislarni tayyorlash, shuningdek, ta’lim muassasalari va korxonalar uchun onlayn kurslardan foydalanish va yaratish yaxshi rivojlangan tanqidiy fikrlash qobiliyatlariga bog‘liqligi o‘rganilgan.