Registration event of the population of Turkistan
Abstract
Mazkur maqolada Turkiston O‘lkasida 1897-yilda o‘tkazilgan aholini ro‘yxatga olish tadbiri to‘g‘risida so‘z boradi. 1897 yilgi o‘lka hududida o‘tkazilgan aholini ro‘yxatga olish tadbiri jarayonida Markaziy Statistika Boshqarmasi tomonidan ro‘yxatga olingan aholi statistikasi shakllantirilganligi va mazkur tadbirning yakuniy natijalari viloyatlar kesimida chop etilgani birlamchi statistik manbalar asosida atroflicha tahlil qilingan. Shuningdek, mazkur maqolani yoritishda ilmiy jamoatchilikka hozirgacha ma’lum bo‘lmagan yangi ma’lumotlarga asoslangan arxiv hujjatlari atroflicha qiyosiy tahlil etilib, ushbu jarayon yuzasidan mahalliy aholi vakillari orasida olib borilgan targ‘ibot va tashviqot ishlari hamda aholi bu ijtimoiy-siyosiy jarayonni qanday ruhda kutib olganligi to‘g‘risida ma’lumotlar berilgan.