Methodologically specific characteristics of proverbs
Abstract
Ingliz tilini o’rgatishda o’qituvchilar ko’pincha o’z o’quvchilarining diqqatini o’tiladigan dars mavzusiga jalb qilish uchun ko’p harakat qilishlari zarur, shunda o’quvchilarga o’rganish jarayonida zavqlanish hissini uyg’otadi va ular bir vaqtning o’zida ko’proq o’rganishlari uchun imkoniyat yaratib beradi. Ingliz tili maqollaridan foydalanish o’quvchilarni darsga bo’lgan qiziqishini oshirishda, shuningdek, yangi dars va yangi mavzuni boshlash uchun eng samarali usul hisoblanadi. Ushbu maqola maqollarning metodik jihatdan o’ziga xos xususiyatlari va ulardan darsning turli bosqichlarida foydalanilishiga bag’ishlangan. Maqolada maqollar yordamida ingliz tilini o’rgatish strategiyalari haqida misollar orqali ma’lumot berilgan.