"Development of terminological competence of future philological experts through independent education"
Abstract
Maqolada hozirgi oliy ta’lim tizimining dolzarb vazifalaridan biri – kasbiy hamda terminologik kompetentlikka ega mutaxassisni shakllantirish haqida fikr yuritilgan. Ta’lim tizimiga mustaqil ta’lim, uning vazifasi, ta’lim jarayonidagi o‘rni va ahamiyati xususida fikrlar bayon qilingan. Oliy ta’limda kredit-modul tizimida mustaqil ta’limni tashkil etish, mazkur jarayon orqali filolog talabalarda terminologik kompetentlikni rivojlantirish haqida ma’lumotlar keltirilgan. Mustaqil ish vazifalarining o‘ziga xos xususiyatlari inobatga olingan. Kredit-modul tizimini oliy ta’limda qo‘llashning afzalliklari bayon qilingan hamda tavsiyalar berilgan. Mustaqil ta’limga e’tibor berish orqali filolog talabalarda terminologik kompetentligini rivojlantirishdagi o‘rni va ahamiyati tahlil qilingan.