Skip to main content
AkademIndex

Products

For developers

AkademBasesoonOpen API for the ecosystem
Latin
Article

Linguistic interpretation of the concept of health

Rаnо SаyfullаevаNafisa GaybullayevaBukhara State Pedagogical Instuty
2023en
ABI

Abstract

Ushbu maqolada konsept tushunchasi hamda unga berilgan ta’riflar, uning jahon va o‘zbek tilshunosligida shakllanishi amalga oshirilgan tadqiqotlardan olingan misollar, fikr-mulohazlar va shuning bilan birgalikda konseptosfera hamda uning mohiyatiga alohida e’tibor qaratilgan. Salomatlik konsepti mazmunining milliy xususiyatlari lisoniy jihatdan talqin qilingan. Qolaversa ilmiy maqolada so‘z, tushuncha va konseptning o‘zaro aloqasi, ularning umumiy va alohidalik xususiyatlari haqida ham ayrim mulohazalar keltirib o‘tilgan. Maqolada kasallik so‘zi o‘zining ma’nodosh (sinonimik) so‘zlar qatoridan dominant so‘z hisoblanishi, ushbu so‘zlar jumlasiga nosog‘lomlik, darmonsizlik, xastalik (bu so‘zni qo‘llashni shifokorlarga tavsiya etiladi), xastalik, dard, quvvatsizlik (holsizlik) kabi birliklar misollar orqali tahlilga tortildi. Salomatlik so‘zining almashtiriladigan sinonimlari yo‘qligi aniqlandi. Ular ma’no jihatidan sezilarli farq qiladi. (o‘zini his etish, holat) yoki yorqin stilistik bo‘yoqdorlikka ega (salomatlik, sog‘liq). Salomatlik va kasallik so‘zlari “o‘zini his etish” deb nomlangan semantik maydonga kiritilgan, unga yana yuqorida sanab o‘tilgan ularning sinonimlari va unga semantik yaqin bo‘lgan birliklar, shuningdek “kasallikdan oldingi holat” tibbiy atamasi ham kiritilishi mumkin. “Salomatlik” konsepti borasida olib borgan izlanishlar natijasida ushbu tushuncha o‘z atrofida kasal bo‘lmaslik, sog‘lom turmush tarzi, ma’naviy-axloqiy turmush tarzi, jismoniy sog‘lik, turmush tarzidan to‘laligicha qoniqish hosil qilish va yetuklik, bardamlik, fiziologik va biologik sog‘lom hayot kabi konseptual birliklarni qamrab oladi, degan fikrlar maqolada izohga tortildi.

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references
Metrics — AkademScholar · Coming soon