LATIFA HAMDA KULGI QO‘ZG‘ATUVCHI BOSHQA JANRLARNING QIYOSIY TALQINI
Abstract
Maqolada latifa va boshqa kulgi qo‘zg‘atuvchi janrlar haqida fikr yuritilgan. Muallif tomonidan bir qator kulgi qo‘zg‘atuvchi janrlar qiyosiy tahlil qilinib, ularning umumiy va farqli jihatlariga e’tibor qaratilgan. Maqolaning asosiy maqsadi latifaning adabiyotdagi xalqchil va eng yashovchan janr ekanligini ochib berishdan iborat, shuningdek, hajviyotning publitsistika, dramaturgiya va folklordagi ahamiyati ko‘rsatib o‘tilgan. Hajviy janrlarning har biriga alohida izoh keltirilgan va misollar orqali tahlil qilingan. Har bir hajviy janrni tahlil qilishda uning ilk paydo bo‘lgan kezlaridan hozirgi davrgacha bo‘lgan rivojlanish bosqichlari aytib o‘tilgan hamda ushbu janrlarning rivojiga hissa qo‘shgan o‘zbek va jahon adabiyoti namoyandalari va ularning asarlari haqida ma’lumotlar berilgan. Maqola hajviy janrlarning tarixiy va zamonaviy namunalari uyg‘un holatda aks ettirilgan. Barcha hajviy janrlarni qiyoslash orqali ularning latifa janriga o‘xshash xususiyatlari va farqli jihatlari ko‘rsatib o‘tilgan. Maqola so‘ngida latifa janriga kengroq to‘xtalib o‘tilgan bo‘lib, mazkur janrning adabiyotshunoslikdagi o‘rni izohlangan. Maqolada ensiklopedik lug‘atlar, ilmiy nashrlar va ilmiy maqolalardan foydalanilgan. Misollarda esa publitsistik adabiyotning XX asrdagi namunalaridan keltirilib o‘tilgan.
Not yet translated