Skip to main content
Article

SEMANTIC-SYNTACTIC FACTORS IN THE INDIRECT SPEECH, EXPRESSING FIGURATIVENESS

Sh SiddiqovaJizzakh Sate Pedagogical University
2023en
ABI

Abstract

Ushbu maqolada o‘ziniki bo‘lmagan ko‘chirma gaplarda obrazlilikni ta’minlovchi semantik-stilistik faktorlar xususida fikr yuritiladi. Ma’lumki, nutq o‘ta murakkab jarayon bo‘lganligi uchun so‘zlovchi tinglovchiga bo‘lgan munosabatini har doim ham o‘zi istaganiday ifodalay olmaydi. Shunday vaziyatlarda so‘zlovchi tomonidan kundalik nutqda faol qo‘llanilib kelingan so‘zlar uning nazarida emotsional-ekspressiv munosabatini nutq qaratilgan narsa va predmetlar yoki shaxslarni o‘z istagi darajasida ifodalashga ojizlik qilib qoladi. Munosabat ifodalashga xizmat qilgan va emotsional-ekspressivlik ifodalanishning eng qulay vositasi bo‘lgan metaforalar asosida obrazlilik yotadi. Obrazlilik esa har qanday metaforik qo‘llashga xos hodisa sifatida nutqning turli ko‘rinishlarida, xususan, badiiy matnlarda o‘ziniki bo‘lmagan ko‘chirma gap tarzida berilishida muhim o‘rin tutadi. Shu o‘rinda badiiy matnlarda o‘ziniki bo‘lmagan ko‘chirma gaplarni qo‘llashda personaj xarakter-xususiyatlarini yoritish, uning ichki kechinmalari, atrofdagilarga munosabatini ochib berish ko‘zda tutilgani bois, ularda munosabat ifodalovchi so‘zlarning ham salmoqli o‘rin egallashi tabiiy.

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references