THE ACTIONS ON THE CREATION OF THE UZBEK-LATIN ALPHABET
Abstract
Oʻtgan asrning boshlarida jadidlar nomi bilan tarix sahnasiga chiqqan millat fidoiylari iqtisodi, ilm-fani rivojlangan davlat qurishni orzu qildilar. Buning uchun eng avvalo, millatni savodli qilish, zamonaviy bilimlarni egallagan yoshlarni tarbiyalash zarur edi. Shu maqsadda ular yangi usuldagi maktablar ochish harakatiga tushdilar. Ming yildan ortiq davr mobaynida asosiy yozuv sifatida qoʻllanilib kelingan arab yozuvi oʻqish, oʻqitish ishlarida qiyinchilik tugʻdirayotgani sababli uni isloh qilindi. Arab yozuvi islohi kutilgan natijani bermagandan soʻng boshqa turkiy xalqlar kabi lotin yozuviga oʻtish harakatiga tushdilar. Arab yozuvidan lotin yozuviga o‘tish harakatlari boshlangandan keyin o‘zbek ziyolilari tomonidan mavjud tovushlarga harf tanlash, ularni ilmiy asoslash bo‘yicha matbuotda maqolalar e’lon qilinib borildi, turli kengash yig‘ilishlari, anjumanlar tashkil qilindi. Yangi alifbo tuzishda singarmonizmli shevalarga asoslanish kerakmi? yoki singarmonizmsiz, o‘zbek tili tabiatini ochib berolmaydigan, buzuq shevalarga asoslanish kerakmi? degan masala kun tartibida turar, bu masalada juda ko‘plab tortishuvlar, bahs-munozaralar bo‘lgan. Bunday tortishuvlar milliy alifbo yaratish harakatiga ham ta’sir qiladi, natijada yuqorida aytilganidek, turli tashkilotlar tomonidan toʻrtta loyiha yaratiladi. Maqolada uch manba asosida berilgan mazkur alifbo loyihalari oʻzaro solishtirilib, ulardagi oʻxshash va farqli jihatlar, harflarning olinishida ularning ilmiy asoslanganligi, ularning yutuq va kamchiliklari tahlilga tortiladi.