ISPAN VA OʻZBEK TILLARIDA KALAMBURNING TUZILISHI VA UNING OʻZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Abstract
Dunyoning koʻplab xalqlari va millatlari orasida doim qaysi til boy, muloqot va ijodiy imkoniyatlari kengligi haqida bahs-munozaralar toʻxtamagan. Turli xalq va millat oʻz ona tili boyligini namoyish qilish uchun, odatda, shu tilda paydo boʻlgan ijod namunalarini koʻrsatishga intiladi. Aytish joizki, tilning boyligi, moslashuvchanligi hamda shu tilda muloqot qiluvchi xalqning oʻtkir zehnliligi yoki ushbu tilning madaniyati haqida shu jamiyatdagi hajviy janrlarni tahlil qilish orqali tasavvur hosil qilish mumkinligi toʻgʻrisida bahs va munozaralar olib boriladi. Aynan tilning moslashuvchanligi, turli ma’no ekvivalentlarga boyligi hamda kontekstida urf-odat, madaniyatni aks ettiruvchi janrlardan biri bu kalambur janridir. Shu bilan bir qatorda, bir qancha tadqiqotchilar tomonidan kalambur va soʻz oʻyinini sinonim deb hisoblash borasida turli xil fikr mulohazalar mavjud. Albatta, kalamburning etimologiyasi, kelib chiqish tarixi bahs-munozarali savol. Shunday ekan, tarixda kalambur soʻzining toʻgʻri yozilishi boʻyicha bir necha xil turlarni tahlil qilish mumkin. Bundan tashqari, ushbu soʻzni bir nechta mamlakatlardagi shaharlar nomi bilan bogʻlaydigan bir qator tarixiy latifalar ham mavjudligi kalamburning qanchalik tilda faol aks ettirilishini belgilab beradi. Shu tariqa, ushbu maqolada ispan va oʻzbek tillarida kalambur atamasining tuzilishi, atama sifatida yuzaga kelishi va insoniyat undan aktiv foydalanishining asosiy sababalari, kalambur etimologiysi hamda oʻziga xos xususiyalari haqida ilmiy qarashlarimiz aks etgan.
Not yet translated