Skip to main content
Article

LISONIY SHAXS VA UNING SHAKLLANISHIDA IJTIMOIY OMILNING O‘RNI

Markhabo UMURZAKOVATashkent State University of Uzbek Language and Literature
ABI

Abstract

Lisoniy shaxs tushunchasi ko‘p qirrali bo‘lib, uni tilshunoslikning pragmalingvistika, psixolingvistika, sotsiolingvistika, kognitiv tilshunoslik, lingvokultrologiya kabi sohalar o‘rganadi. Tilshunoslikda shu sohalarning kesishmasida nisbatan yangi soha lingvopersonologiya shakllandi. Har bir til egasi alohida shaxs sifatida tildan foydalanish imkoniyatlarini o‘ziga xos tarzda namoyon qiladi. Uning til ko‘nikmalarini egallashida turli omillar, xususan, sotsial omillarning ham o‘rni bor. Ushbu maqolada shunday omillardan biri oilaning lisoniy shaxsning namoyon bo‘lishidagi o‘rni masalasiga e’tibor qaratildi. Insonning shaxs bo‘lib shakllanishida oilaning o‘rni qanchalik muhim bo‘lsa, uning lisoniy shaxs sifatida shakllanishida ham oiladagi muhit muhim sanaladi. Oila mansub bo‘lgan jamoaning madaniy an’analari, axloqiy muhit, diniy mansublik, yashash joyi, ota-ona lisoniy shaxsi, ota-onaning kasb-kori, mutolaa madaniyati, qo‘shnilar bilan munosabati kabilar lisoniy shaxsning shakllanishida muhim sanaladi. Lisoniy shaxs deganda, faqat nutq yarata oladigan va uni tushunadigan shaxs emas, uning grammatik xususiyatlarini ham biladigan, ifoda imkoniyatlarini yuzaga chiqara oladigan, o‘ziga xos nutq tuza oladigan til egasi nazarda tutiladi. Maqolada badiiy diskursda lisoniy shaxsning namoyon bo‘lishida oilaning ta’siri, uni ifodalashda matn yaratuvchining mahorati masalasiga e’tibor qaratilgan.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 01 references