DAVLAT BOSHQARUVINING MA'MURIY HUQUQIY SHAKLLARI
Abstract
Davlat boshqaruvining ma’muriy huquqiy shakllariga oid normalar, tamoyillar, manbalar va mazkur mavzuning eng muhim sohalari bilan tanishtirish, talabalarda o‘z kasbi bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarni shakllantirish muhim o‘rin tutadi. Mazkur mavzu orqali talabalarga davlat boshqaruvining ma’muriy-huquqiy shakllari mavzusini o‘qitishning nazariy va amaliy jihatlariga oid fundamental bilimlar, jumladan, boshqaruvning ma’muriy-huquqiy shakllar va turlari tushunchalari va o‘ziga xos xususiyatlari,huquqiy(normativ va individual) aktlarining nazariy huquqiy tavfsifi tahlil etilgan. Bunda ijtimoiy boshqaruvning asosiy turlaridan biri davlat boshqaruvidir, u davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari tomonidan amalga oshirilishi, davlat boshqaruv organlari faoliyatining mazmuni istiqbolni belgilash, rejalashtirish, moliyaviy ta’minlash, kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, hisobga olish va nazorat qilishdan iborat ekanligihamda.davlat boshqaruvining keng tarqalgan vazifalaridan biri bo‘lib, barcha davlat organlari ularni o‘z faoliyati davomida qo‘llash tartiblari haqida ma’lumotlar berilgan. Davlat boshqaruvi tizimini rivojlantirish, davlat apparatining ishini yaxshilash, boshqaruv faoliyatining samaradorligini oshirishga qaratilgan tadbirlarning deyarli barchasi ma’muriy huquq normalari yordamida amalga oshirilishi, ma’muriy huquq davlat boshqaruvi sohasidagi ijtimoiy munosabatlarni, ya’ni davlat organlarining ijro etish va farmoyish berish faoliyati jarayonida yuzaga keladigan ijtimoiy munosabatlarni tartibga solinishi haqida ma’lumotlar keltirilgan.
Not yet translated