O'ZBEKISTONDA YOSHLAR PORTAL LOYIHASINI YARATISHDA XORIJIY TAJRIBANI O'RGANISH VA AMALIYOTGA JORIY ETISHNING AHAMIYATI
Abstract
<em>XXI asrning ilk yillaridan boshlab olimlar va siyosatchilar davlat va jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar xarakterini modernizatsiyalashga katta ahamiyat berishmoqda. “Modernizatsiya” iborasiga berilayotgan tariflar xilma- xilligi bo‘lishiga qaramay, ularning asl ma’nosi – “elektron hukumat”ga shaxsiy ehtiyojlar, aholi va tijorat, ijtimoiy jarayonlar nazorati, yoshlar va aholining boshqa qatlamlarining munosabatlari uchun davlat organlari faoliyatida axborot kommunikatsiya texnologiyalari (AKT)ni joriy etish orqali davlat boshqaruvining yangi imkoniyatlarini yaratishni anglatadi. Bugungi kunda juda ko‘plab sohalarda bo‘lgani kabi y</em><em>oshlar muammolarini o</em><em>‘</em><em>rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlashda portal va veb-sahifalar yaratilgan va ushbu portal va veb-sahifalar butun dunyodagi yoshlarning barcha jarayonlardagi ishtiroki va munosabatlarini, yutuq va kamchiliklarini o</em><em>‘</em><em>zida aks ettirib boradi va mavjud muammolar, to</em><em>‘</em><em>siqlarga qarshi kurashish uchun o</em><em>‘</em><em>z imkoniyatlari darajasidan foydalanadi.</em><em> Xalqaro yoshlarning o‘zaro munosabatga kirishuvida yoshlar portallari juda ko‘plab ijobiy ustunliklarga egaligi, hamda jamiyat va hukumatda yoshlarning o‘zaro ishtiroki va jarayonlarga munosabat bildirishida muhim o‘rin egallab kelmoqda. Bu o‘z navbatida demokratik jamiyatning takomillashuviga, ijtimoiy–iqtisodiy rivojlanish va davlatning xalqi va kelajagi bo‘lgan yoshlar oldidagi mas’uliyatining yanada oshishiga sabab bo‘ladi. Shu sababli xalqaro darajadagi yoshlar masalari bo‘yicha islohotlarning ijobiy ko‘rinishlari O‘zbekistonda joriy etish maqsadga muvofiq bo‘ladi va bu taraqqiyotning kaliti bo‘lib xizmat qiladi.</em>
Not yet translated