YAPONIYA VA XITOYNING BOSHQARUV MODELLARI
Abstract
Ushbu maqolada liderlik va uning umumiy ahamiyati, bugungi kun liderlari va uning ko‘rinishlari hamda ular uchun kerakli sifatlar yoritib berilgan. Hamda Osiyo davlatlari bo‘lmish Yaponiya va Xitoyning o‘ziga xos boshqaruv modellari bir qancha jarayonlar orqali yoritilgan. Xususan, bulardan Xitoyning Jahon bozoriga chiqish taktikasi, individual raqobat ko‘rinishlarida gavdalantirildi. Raqobatning bu kabi turining foydali jihatlari ko‘rib chiqildi. Boshqa tomondan esa jarayonga jamoaviy yondoshadigan Yaponiyaning boshqaruv modelidagi afzalliklariga urg‘u berildi. Ushbu holatda jarayonga yondoshishning bir qancha ijobiy tomonlarga ega ekanligi izohlandi. Umumiy xulosa sifatida esa har ikkala davlatning boshqaruv modelini tahlil qilish orqali tegishli xulosalar anglashildi va shaxsiy model sifatida qarash hamda tegishlicha ishlovlar berish orqali rivojlantirish kerakligi uqtirildi.
Not yet translated