O'ZBEKISTON FUQAROLIGIGA TAN OLISH TARTIBI
Abstract
Bugungi kunda, har bir davlat jahon hamjamiyatida munosib o‘ringa ega bo‘lishi va o‘z xalqiga munosib turmush darajasini ta’minlashi, teng huquqlik prinsipiga amal qilib, ularning tinch va farovon yashashligi uchun barcha say-harakatlarni amalga oshiradi. So‘ngi yillarda yurtimizda ham bu borada qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, O’zbekiston Respublikasida doimiy yashab kelayotgan fuqaroligi bo‘lmagan<strong> </strong>shaxslar ham O’zbekiston fuqaroligini olishda bir qator ijobiy o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. 1991 yildan hozirgi kunga qadar 23 720 nafar fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O’zbekiston fuqaroligiga qabul qilingan bo‘lsa, 2020 yildan hozirgi kunga qadar qisqa vaqt ichida 47 157 nafar shaxslar O’zbekiston fuqaroligiga tan olindi. Ushbu maqolada yangi tahrirdagi “O’zbekiston Respublikasi fuqaroligi to‘g‘risida”gi qonuni, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasi fuqaroligiga oid masalalarni ko‘rib chiqishning yangilangan tartibini belgilash to‘g‘risida”gi PF-6185-sonli Farmoni, fuqarolikka tan olish tartibi haqida so‘z boradi.
Not yet translated