Skip to main content
Article

ARPA DONI CHIQINDILARI VA PIVO SHAROBI CHIQINDILARI ASOSIDA ACHITQI SHTAMMLARI OLISHNING TADQIQOTI

Chariyeva Shaxnoza XujayarovnaTermiz muhandislik texnologiya instituti tayanch doktorantiUrozov Mustafo KulturayevichTermez Institute of Engineering and Technology
ABI

Abstract

Achitqilar oziq-ovqat va pivo sanoatida keng tarqalgan iqtisodiy ahamiyatga ega ingrediyent hisoblanadi. Ular xorijlik yetkazib beruvchilardan tijorat maqsadida sotib olinadi va davlatimiz uchun qimmatga tushadi. Ularning yuqori narxi tadbirkorlarning mahsulotlari tannarxining juda yuqori bo’lishiga sabab bo’ladi. Achitqi shtammlari mahalliy ichimliklar (pivo) dan ajratilgan va sifati zamonaviy fizik-kimyoviy usullarda aniqlangan. Natijalar shuni ko'rsatdiki, olingan achitqi vodorod sulfidi gazini chiqarmaydi, glyukoza, maltoza, fruktoza, saxaroza va galaktozani achitadi. Flokkulentlik tahlili shuni ko'rsatdiki, achitqi 37 <sup>0</sup>C haroratda o'rtacha darajada o'sish darajasiga ega, lekin 45<sup>o</sup>C da o'sish past ekanligi aniqlandi. Achitqi etanol va shakarning yuqori konsentratsiyasida, harorat va hujayra osmotik bosimi ta’sirida va boshqa agressiv sharoitlarida omon qoldi. Ushbu natijalar pivo ishlab chiqarish sanoatining chiqindilaridan (mahalliy manbalardan) achitqi olish mumkinligini ko'rsatdi. Bu import qilinayotgan achitqining o’rnini bemalol bosishi mumkin.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references