OLIY TA'LIM MUASSASALARIDA MASOFAVIY O'QITISh TIZIMINI TAShKIL ETIShNING BA'ZI BIR JIHATLARI
Abstract
Mamlakatimizda olib borilayotgan tub islohatlar, fan-texnika va texnologiyalarning rivojlanishi hamda axborotlashgan jamiyatga o‘tish talablari ta’lim strategiyasini o‘zgarishiga olib kelmoqda. Uzluksiz ta’lim olishning yangi shakllari, jumladan zamonaviy o‘qitish texnologiyalariga asoslangan tarmoqli, axborotli, masofaviy va innovatsion ta’lim texnologiyalari vujudga keldi. Axborot-kommunikatsion texnologiyalarga asoslangan yangi ta’lim turlarining paydo bo‘lishiga asosiy sabab, jamiyatning turli tabaqalariga mansub kishilarga bilim berish, ularning malakasini muntazam oshirib borish va qayta tayyorlash vazifalarini muvaffaqiyatli hal etiщda, sobiq ta’lim tizimining yillar davomida shakllangan an’anaviy usul va vositalarining imkoniyatlari chegaralanganligidadir. Bunday vaziyatda Oliy o‘quv yurtlarining potensialiga tayangan holda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida uzluksiz ta’lim tizimini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Not yet translated