DAVLAT BUDJETI HARAJATLARINI BOSHQARISH VA SHAFFOFLIKNI TA'MINLASHDA RAQAMLASHTIRISHNING RO'LI
Abstract
Annotatsiya: Davlat budjeti muayyan mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni ham ifodalaydi. Jamiyatning iqtisodiy tuzumi, davlatning tabiati va faoliyatiga qarab davlat budjeti mohiyati, uning daromadlari va harajatlari xususiyati hamda tarkibi turlicha boʻladi. Sanoati rivojlangan mamlakatlarda davlatning iqtisodiyot, ishlab chiqaruvchi, milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlashga faol aralashuvi davlat budjeti mavqeining oshishiga sabab boʻladi, milliy daromad davlat ixtiyorida yigʻiladi va uning budjet orqali qayta taqsimlanadigan qismi koʻpayadi. Ushbu maqolada, davlat budjeti harajatlarini boshqarish va shaffoflikni taʼminlashda raqamlashtirishning ro'li haqida fikr va mulohazalar yuritiladi.
Not yet translated