ABERDIN – ANGUS ZOTINI MAHALLIYLASHTIRISH
Abstract
<em>2021-yil 17-fevraldagi PQ 4995 sonli “2021-2023-yillarda Surxondaryo viloyati Uzun tumani Bobotog‘ hududini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq xududni bog‘dorchilik va chorvachilik xududiga aylantirish va mavjud resurslardan kelib chiqib go‘shtdor qoramolchilikni rivojlantirish maqsadga muvofiqdir. Shu jihatdan xududga mos sermahsul go‘shdor keskinkontinental ob-havoga moslasha oladigan zotni mahalliylashtirish maqsadga muvofiqdir. Dunyoda yaratilgan go‘shtdor zotli qoramollar mintaqaviy bir necha guruhlarga bo‘linadi: Angliya-Shotlandiya, Italiya, Amerika, Afrika, Osiyo zotlari va hokazo. Bu mintaqadagi go‘shtdor zotlar o‘zlarining kelib chiqishi, iqlim sharoitga moslashishi, mahsuldorlik va biologik xususiyatlari bo‘yicha bir-birlaridan keskin farq qiladi. Go‘shtdor qoramol zotlari ichida yaratilish davri bo‘yicha qadimiy va ko‘pchik zotlar uchun naslboshi Angliyaning go‘shtdor zotlari hisoblanadi (gereford, shortgorn, aberdin-angus, gallovey, xayland va hokazo).</em>
Not yet translated