SANOQQA DOIR DIDAKTIK O'YINLAR
Abstract
To'g'ri va teskari tartibda sanashga oid o'yinlar Didaktik o'yin: «Qaysi biri qo'shildi» Didaktik topshiriq: son qatori haqidagi tushunchani mustahkamlash. O'yin topshirig'i: oldin turgan bolalarni sanab chiqib, yana qancha qo'shilganini aytib berish. O'yin bayoni: bir necha bola bir qatorga turadi. Qolgan bolalar ularni sanab chiqishadi. O'qituvchi imo-ishorasi berishi bilan o'tirgan o'quvchilar ko'zlarini yumadilar. O'qituvchi ovoz chiqarmasdan yana bir o'quvchini doskaga chaqirib, saflanganlar qatoriga turg'azib qo'yadi. U «mumkin» degandan so'ng o'quvchilar ko'zlarini ochib, nechanchi («beshinchi», keyin «ol'tinchi» va hokazo) kelib qo'shilganini aytib berishadi. Bu o'yin «Ketgan kim?» o'yiniga qaraganda anchagina yengil. Uni dastlabki kunlarda o'tkazish mumkin.
Not yet translated