Skip to main content
Article

ALISHER NAVOIY IJODIDA ODOB KONSEPSIYASI

ABI

Abstract

Turk dunyosining buyuklaridan biri amir Alisher Navoiy jahon adabiyoti xazinasida o‘zining beqiyos she’riyati, buyuk “Xamsa”si hamda turli fan sohalariga bag‘ishlangan boy ilmiy merosi bilan ajralib turgan so‘z san’atkoridir. Oradan necha asrlar o‘tsa-da, asarlaridagi teran, chuqur ma’no bashariyatga beminnat xizmat qilib kelmoqda. G‘azallaridagi ma’no tovlanishlar go‘yo mavjlanib oqayotgan dengiz, har bir so‘zi misoli ipga tizilgan dur. Bu dengiz shu qadar bepoyon va muhtashamki, inson kemaga o‘tirib unda uzoq vaqt suzishni tamanno qiladi. Dengiz tubidagi ne’matlardan baliqlar bahramand bo‘lgani kabi uning so‘zlaridan shu kungacha qanchadan-qancha millat va elatlar ma’naviy oziqlanib kelmoqdalar. Nizomiddin Mir Alisher Navoiyning daholigi faqatgina yigirma olti mingdan ortiq so‘zni zargarona qo‘llay olganida emas, balki ularning ma’no-mohiyatiga ham sayqal bera olganidadir. Shu sababli ham shoirning sharq-u g‘arb xalqlari uchun birdek qiziqish uyg‘otgan asarlari sevib o'qiladi. O'zbek xalqi uchun yana bir muhim jihati shundaki, “Alisher Navoiy xalqimizning ongi va tafakkuri, badiiy madaniyati tarixida butun bir davrni tashkil etadigan buyuk shaxs, milliy adabiyotimizming tengsiz namoyondasi, millatimizning g‘ururi, shan-u sharafini dunyoga tarannum qilgan o‘lmas so‘z san‘atkoridir. Ta’bir joiz bo‘lsa, olamda turkiy va forsiy tilda so‘zlovchi biron bir inson yo‘qki, u Navoiyni bilmasa, Navoiyni sevmasa, Navoiyga sadoqat va e’tiqod bilan qaramasa”.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references