Skip to main content
Article

ISLOM OLAMIDAGI FOTIMA ISMLI AYOLLARNING ILMGA BO'LGAN RAG'BATI

ABI

Abstract

Bugungi kunda ayollarimizning barcha soha va tarmoqlardagi o‘rni va ta’siri yanada ortib bormoqda. Buning tasdig‘ini respublikamizda mehnat bilan band aholining 45 foizini xotin-qizlar tashkil etayotganida ham yaqqol ko‘rish mumkin. Ayollarimiz orasida taniqli davlat va jamoat arboblari, jumladan, o‘nlab senator va deputatlar, vazir va hokimlar, O‘zbekiston Qahramonlari, akademiklar, professorlar, O‘zbekiston xalq shoirlari, Xalq o‘qituvchilari, Xalq artistlari, nodavlat tashkilotlarning faol vakillari borligi barchamizni quvontiradi. Maqolada Islom olamida ayollarning jamiyatdagi o`rni, ilmga bo`lgan rag`bati, ilm olish yo`lida chekkan mashaqqatlari, erkaklar bilan bir safda ayollarning ham ilm olishlari, jamiyatda olim yetishib chiqishida ayollarning o`rni, islom taʼlim muassasalarining barpo etilishida ayollarning roli, asosiy muhokama mavzusi hisoblanadi. Jumladan, Imom al-Buxoriyning onalari farzandlarining olim bo`lib yetishtirishdagi say-harakatlari, Fotima al-Fihriyning Al-Qaravin universitetiga asos solganligi, hadis va fiqh ilmining rivojlanishida ayollarning hissalari hatto islom taʼlim muassasalariga asos solgan olimalarning hayot yo`llari bayoni keltirilgan.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references