Skip to main content
Article

TEZAURUSNING SEMANTIK TAHLILLARDAGI O'RNI

ABI

Abstract

Zamonaviy axborot texnologiyalarning hayotga tatbiq etilishi barcha sohalar qatori tilshunoslikda ham mavjud lug'atlarning turi, shakli, uning mazmun-mohiyatini tubdan isloh qilish, o'zgartirish talabini qo‘ymoqda. Shu nuqtayi nazardan bugungi kunda tilning tizimli tabiatining yaqqol namunasi sanalgan yangicha lug‘at turlaridan ideografik, tezaurus lug‘atlar foydalanuvchilar uchun bir qator qulayliklarga ega lug‘at hisoblanadi. Shu sabab ushbu maqolada ideografik va tezaurus lug‘atlarning o‘ziga xos xususiyatlari, bir necha turlari, ularning umumiy jihatlari, shuningdek, bu kabi lug‘atlarning yaratilishi nafaqat bugungi kun o‘zbek tilshunosligi rivoji uchun, balki shu tilni samarali o‘qitish-o‘rgatish uchun ham o‘ziga xos ahamiyatga ega ekanligi haqida fikr-mulohazalar yuritiladi. Bundan tashqari tezauruslar alohida so‘zning ma’noviy guruhlarini elektron formatda tavsiflashning eng samarali vositalaridan biri hisoblanadi. Ayni vaziyatda tezaurus sifatli tarjima jarayonini amalga oshirishda ancha qulayliklarni yuzaga keltiradi.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references