KO’ZNING SHOX PARDASI VA OLDINGI SEGMENTI PATOLOGIYASINI DAVOLASHDA SKLERAL LINZALARNING TERAPEVTIK QO’LLANILISHI
Abstract
Dolzarbligi. Ko’zning shox pardasi va oldingi segmenti patologiyasini davolashda skleral linzalarning terapevtik qo’llanilishi 1980‑yillarning oxiridan boshlab skleral linzalar shox parda patologiyasi, ko’zning oldingi segmenti kasalliklarini davolashda faol ishlatilgan. Skleral linzalar oddiy mahalliy tomchilardan shox parda va paralimbal epiteliyga ta’siri, uzoq muddatli gidratatsiya effekti bilan farq qiladi. Terapevtik tomondan skleral linzalar birdaniga ikkta vazifani ta’minlashi mumkin: ular ko’z yuzasini himoya qiladi va epiteliyning notekisligi mavjud bo’lgan kasallarda ko’rish o’tkirligini tiklaydi. Tadqiqot maqsadi. Mumkin bo'lgan jarrohlik aralashuvlarni kechiktirish imkonini beruvchi, shuningdek, yuqumli keratit va shox parda epiteliya nuqsonlarini davolashda shox parda patologiyasini davolashning mustaqil usuli sifatida skleral linzalarning samaradorligini aniqlash. Material va usullar. Maqolada ko’zning shox pardasi va oldingi segmenti patologiyasini davolashda skleral linzalarning terapevtik qo’llanilishiga oid masalalarni aks ettiruvchi 2013 yildan boshlab ohirgi xorijiy ilmiy nashrlar analizi qilindi. Natija. Skleral linzalarning uzluksiz gidratatsiyani ta’minlash qobiliyati, ko’z yuzasini namlash va himoya qilish, bemorlarga ko’rish o’tkirligini saqlashga imkon beradi va ularning terapiyaning boshqa shakllari bilan birgalikda qo’llash mumkin bo’lganligi ularni og’ir ko’z yuzasi kasalliklari uchun samarali davolash variantiga aylantiradi.