BOLALARDA G’ILAYLIKNI OLIB BORISH TAKTIKASINI RETROSPEKTIV TAHLILI
Abstract
Dolzarbligi. Gilaylik — bolalik davrida ko’rish patologiyasining eng keng tarqalgan shakllaridan biri. Rivojlangan gilaylikni bolaning xarakterini shakllantirishga salbiy ta’sirini va kelajakda kasbiy yo’nalishning cheklanishini hisobga olgan holda, ushbu muammoning shubhasiz tibbiy, biologik va ijtimoiy ahamiyatini ta’kidlash kerak. Maqsad: Gilaylikli bolalarni davolash taktikasini retrospektiv tahlil qilish. Materiallar va usullar. Respublika klinik oftalmologik shifoxonasida 01.01.2022–06.01.2022 yillarda operatsiya qilingan 111 nafar bemorning kasallik tarixini retrospektiv tahlil qilindi. Natijalar. Bemorlarni tashxis bo’yicha taqsimlash shuni ko’rsatdiki, tashqariga oguvchi gilaylik ko’proq ustun bo’lib, 39% (43 holat) ni tashkil qiladi, ichkariga oguvchi gilaylikga qaraganda — 33% (37 holat). Shu bilan birga, vertikal komponentli gilaylik 28% hollarda (31 bemor) sodir bo’lgan. Bir yoki ikkala ko’zning og’ishini tekshirishda 38 (34%) holatda bir tomonlama gilaylik, 73 (66%) holatda ikki tomonlama gilaylik aniqlangan. Ko’rish keskinligi 0–0,09 12% hollarda, 0,1–0,5 27%, 0,6–0,8 17%, 0,9–1,0 43% hollarda aniqlangan. Shunday qilib, tekshirilgan bolalarning deyarli yarmida ko’rish keskinligi yuqori edi. 55% hollarda bemorlarda okulomotor mushaklarning retsessiyasi, 17% retsessiya + mushak rezeksiyasi, 8% miotomiya, 5% retsessiya + mushaklar rezektsiyasi, 5% retsessiya + mushaklarning transpozitsiyasi bajarilgan. Hulosalar. Gilaylik bilan og’rigan bemorlar asosan gipermetropiya, miyopiya, miyopik astigmatizm va ambliyopiyadan aziyat chekishadi. Ko’pgina hollarda, gilaylik bilan og’rigan bolalarda ko’rish keskinligi yuqori. Operatsiyadan so’ng, binokulyar ko’rishni tiklash uchun bemorlarga sinaptofor, vitamin terapiyasi bo’yicha mashg’ulotlar buyurilishi kerak.
Not yet translated