RAUF PARFI LIRIKASIDA TAKRIR SAN'ATINING TURLARI
Abstract
Klassik Sharq adabiyotida nimani yozishdan ko‘ra qanday yozishga ko‘proq
diqqat qaratilgan. Ya’ni asarning poetika masalalariga, ayniqsa, asarni badiiy san’atlar
bilan ziynatlashga jiddiy e’tibor qilingan. She’riy san’atlar ba’zida she’rga shaklan jilo
bag‘ishlasa, ba’zida ko‘p va chuqur ma’noli fikrni qisqa, lo‘nda ifodalashga, ba’zan
esa ijodkor konseptsiyasini teran ifodalashga xizmat qiladi. Dastlab arab
adabiyotshunosligida Nasr bini Hasan, Ibn Mu’taz, Qudama ibn Ja’far, forslarda Umar
Roduyoniy (73 ta she’riy san’atni keltirgan), Rashididdin Vatvot, Atoulloh Husayniy,
turkiylarda Shayx Ahmad Taroziy (97 ta she’riy san’atni keltirgan) kabi allomalar
badiiy san’atlarni tadqiq qila boshlaganlar`
Not yet translated