QALQONSIMON BEZ KASALLIKLARI DIFFUZ TOKSIK BUQOQ
Abstract
<em>Tireotoksikozli buqoq zamonaviy endokrinologiyaning eng dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi, chunki bu kasallik Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun o‘lka patologiyasi hisoblanadi. Bu maqola aholiga endokrinologik xizmat ko‘rsatish takomillashishiga, ixtisoslashgan muassasalar sonining ortishiga, maktabgacha bo‘lgan yoshdan boshlab buqoq profilaktikasining joriy qilinishiga qaramay, bemorlar soni ortib borishiga bag‘ishlangan. So‘nggi yillarda tireotoksik buqoqning tuzalishi qiyin bo‘lgan asoratlangan turlari kundan-kunga ortib bormoqda. Olimlarning fikricha bu holat urbanizatsiya jarayonlari, ekologiyaning buzilishi, stress va emotsional psixologik sharoitlarga boy hozirgi zamon ijtimoiy siyosiy hayotning xususiyatlari bilan chambarchas bog‘liq.</em>
Not yet translated