G'O'ZADA TOMCHILATIB SUG'ORISHDA BEGONA O'TLARGA QARSHI SAMARALI KURASH CHORALARINI ISHLAB CHIQISH G'O'ZANI UNIB CHIQISH VA HOSILDORLIGIGA TA'SIRI
Abstract
G’o’zada tomchilatib sug’orishda begona o’tlarga qarshi kurashda olingan ma’lumotlarni ko‘rsatishicha, chigitni unib chiqish dinamikasi 85,3 % dan 88 % gacha bo‘lgani aniqlandi. Chigitlarni unib chiqishi tajribaning 1-nazorat variantida ya’ni tomchilatib sug‘orish rejalashtirilganda 85% ni, chigit ekish bilan birga Stomp-33 % gerbitsidni qo‘llab, egatga qora polietilin plyonka to’shalgan 4-variantda bu ko‘rsatkich 88,5 % ni tashkil etdi. Birinchi terim paxta eng yuqori hosilni chigit ekish bilan birga Stomp -33% gerbitsidi va shonalash davrida ham gerbitsidini qo‘llanilgan va tomchilatib sug‘orilgan 7- variant (37,9 s/ga) ga olinib, bu ko‘rsatkich boshqa variantlarga nisbatan 3,3-6,7 sentnergacha yuqori bo‘lganligi kuzatildi.
Not yet translated