Skip to main content
Article

MARKAZDAN QOCHMA NASOSLAR, ULARNING ISHLASH PRINSIPI

ABI

Abstract

Nasos<strong>-</strong> elektr yuritkichning mexanik energiyasini suyuqlikning harakatlanish energiyasiga aylantirib beruvchi gidravlik mashina hisoblanadi va odatda, suv,turli moylar, benzin, neft, kerosin va boshqa suyuqliklarni chuqurlikdan tortish, yuqoriga ko‘tarish, bir yerdan ikkinchi yerga uzatish, ular yordamida boshqa jismlarni ko‘chirish, tashish uchun ishlatiladi. Bunda suyuqliklar nasos orqali o‘tganida ularning energiyasi ortadi. Bu energiya yordamida suyuqlik ustida aytilgan ishlarni bajarish mumkin. Nasoslar suyuqlikka bergan energiyasiga yoki o‘zidan qancha suyuqlik o’tkaza olishiga qarab turli gruppalarga bo’linadi va bajaradigan vazifasini qaysi usulda amalga oshirishiga qarab turlicha nomlanadi.<sup>1 </sup>Nasoslar harakatlanish turiga qarab hajmiy, markazdan qochma(kurakli), uyurmaviy va o’qli nasoslarga bo’linadi.Quyida kurakli ya’ni markazdan qochma nasoslar haqida ma’lumotga ega bo’lamiz.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references