TAFAKKUR JARAYONINI ILMIY PSIXOLOGIK O'RGANILISHI
Abstract
Tafakkur faoliyati muayyan maqsadga qaratilgan alohida ongli jarayon tariqasida sodir bo’ladi. Bosh miyaning biror uchastkasidagi faoliyat emas, balki butun bosh miya po’stining faoliyati mana shu jarayonning fiziologik asosidir. Tafakkur faoliyati uchun avvalo analizatorlarning miyadagi uchlari o’rtasida vujudga keladigan murakkab bog’lanishlar muhim ahamiyatga egadir. Analizatorlarning bosh miya po’stidagi uchastkalari bir-biridan keskin ajralgan holda emas, balki bir-biriga tutashib, bir-biri bilan chambarchas bog’lanib ketganligi sababli mazkur bog’lanishlarning vujudga kelishi yuqorida aytib o’tilganidek, tafakkurning maxsus nerv-fiziologik mexanizmlaridir. Tafakkurning muayyan bir narsaga qaratilishi uchun nerv-fiziologik asos bo’lgan orientirovka refleksi tafakkur jarayonlarida katta rol o’ynaydi. Akademik I.P.Pavlov ta'kidlaganidek, "avvalo umuminsoniy empirizmni nihoyat, atrof olamni va insonning o’zini ham bilish uchun oliy qurol bo’lgan fanni ham yaratuvchi maxsus insoniy oliy tafakkur zarurdir".
Not yet translated