BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARIDA MEDIA MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH METODOLOGIYASI
Abstract
Ushbu maqolada boshlang’ich sinf o’quvchilarining axborot iste’moli madaniyatini rivojlantirishning ayrim metodik masalalari ko’rsatilgan. Shuningdek boshlang’ich sinf o’quvchilarida mediamadaniyatni rivojlantirishning nazariy metodologik masalalari o’rganilgan. Ijtimoiy tarmoqlar bugun qudratli axborot qurolga aylangan ekan, dunyo miqyosida mafkuraviy-g’oyaviy tahdidlarni targ’ibot va tashviqot etishda muhim omil vazifasini o’tamoqda. Ijtimoiy tarmoqlar yordamida yoshlarning qalbi, ongi va ruhiyatiga ta’sir ko’rsatishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Buning natijasida yoshlar ma’naviyati izdan chiqishiga olib kelmoqda. Shu boisdan ham, turli-tuman g’oyaviy, mafkuraviy va axborot xurujlarining avj olishini e’tibordan chetda qoldirmasligimiz darkor. Shundagina biz istiqbolda ma’naviy barkamol insonni, sog’lom avlodni tarbiyalashga erishamiz.
Not yet translated