Skip to main content
Article

XALQARO INVESTITSIYA HUQUQI MANBALARI

ABI

Abstract

<em>Xalqaro investitsiya shartnomalari hozirgi kunda davlatlar o’rtasida har tomonlama mustahkam aloqa o’rnatishning muhim omili bo’lib kelmoqda. Xalqaro investitsiya huquqning manbalari esa investitsiyaviy muhitni tartibga solish va rivojlantirishning asosiy poydevori hisoblanadi. Davlatlar o’rtasida investitsiyaviy nizo kelib chiqadigan bo’lsa, xalqaro konvensiyalar, normalar orqali tartibga solinadi. Konvensiyalar va boshqa xalqaro investitsiya huquqning manbalari nafaqat investitsiyaviy munosabatlarni tartibga soladi, balki investorga qulay tadbirkorlik muhitini yaratadi, huquqlarini kafolatlaydi. Ayniqsa, xalqaro investitsiya huquqning prinsiplari muhim ahamiyatga ega.Xorijiy investor biror davlatga investitsiya kiritar ekan, avvalo uning huquqlari qanday himoya qilinishi, qanday kafolatlar berilishi, mamlakatdagi yurispridensiyaning qanchalik kuchli tartibi o’rnata olganligi, investorlarga yaratilayotgan sharoitlar kabi bir qator savollarni o’rtaga tashlaydi. Biror davlatga investitsiya kiritishda muhim masala xorijiy investorlarga qancha ko’p kafolatlar, imtiyozlar berilganligida emas, balki berilgan imtiyozlarning qanchasi qay darajada ishlayoitganligidir.</em> <em>Ushbu maqolada xalqaro investitsiya huquqida manbalarning muhim ro’li, prinsiplar manba sifatida qanchalik muhim ahamiyatga ega ekanligi, milliy va xorijiy tajriba, Seul va Vashington konvensiyalari bilan bevosita bog’liq bo’lgan masalalar tahlil qilinadi. Ikki tomonlama va ko’p tomonlama bitimlarning ahamiyati va dolzarbligi muhokama qilinadi.</em>

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references