Skip to main content
Article

O'QITUVCHILARNING IXTIROCHILIK VA INNOVATSION PSIXOFIZIOLOGIK XUSUSIYATLARI

ABI

Abstract

Respublikamiz ta’lim tizimi, jumladan umumiy o‘rta ta’lim mazmuni ham “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” asosida bosqichma-bosqich yangilab borilmoqda. Ko‘plab ta’lim sohalarida bo‘lgani kabi ta’lim oluvchilar ijodkorlik faoliyatini tashkil qilishda ham innovatsion jarayonlar nazariya va amaliyoti o‘rtasidagi munosabatlarda prinsipal yangi shakl va mexanizmlarni joriy etishni taqozo etadi. Bunday shakl va mexanizmlardan fanga oid innovatsion banklar, inovatsion dasturlarni amalga oshirish markazlari, ilmiy-amaliy markazlarni tashkil etish ko‘zda tutiladi. Innovatsion yangiliklarni sezish, anglash har qanday o‘qituvchiga ham xos bo‘lavermaydi. Bu yerda eng asosiysi o‘qituvchining o‘zi yangilikni sezishga psixologik jihatdan tayyor bo‘lishi kerak. O‘qituvchining innovatsion faoliyati ta’lim-tarbiya jarayonida paydo bo‘ladigan muammolarni tezda aniqlab olishga undaydi. Muammolarni aniqlash va tezda bartaraf etish imkoniyatlarini qidirish bu tamomila yangi innovatsion madaniyatni, innovatsion falsafani shakllantiradi.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references