MULTIMEDIA TEXNOLOGIYASINING ASOSIY TUSHUNCHALARI VA APPARAT–DASTURIY VOSITALAR
Abstract
Multimedia tizimlarini paydo bo‘lishi axborot texnologiyalarini rivojlanishiga va ilm-fanda, talimda, savdoda (biznesda) tibbiyotda keng ko‘lamda tadbiq etilishiga turtki bo‘ldi. Multimedia tizimlarini jadallik bilan rivojlanishiga shaxsiy kompyuterlarning imkoniyatlarini kengayganligi va texnik xamda dasturiy vositalarining rivojlanishi sabab bo‘ldi. Oxirgi yillarda kompyuterning tezligi va xotira qurilmalarning sig‘imi keskin oshdi, shuningdek grafik imkoniyatlari kengayib, tashqi xotira qurilmalarining texnik ko‘rsatgichlari yaxshilandi. Multimedia texnologiyalarining rivojlanishiga vidiotexnika yo‘nalishi, lazer disklar, shuningdek yozish texnikasining xamda tovush va tasvirni xosil qilish texnologiyalarining rivojlanishi katta xissa qo‘shdi. Axborotlarni xotirada ixcham (zich) joylash va saqlash maqsadida tez va samarali o‘zgartirish usullarini yaratilishi xam muxum ahamiyat kasb etdi.
Not yet translated