Skip to main content
Article

"TOSHKENT-SAMARQAND YO'NALISHIDA IKKILAMCHI TURISTIK DESTINATSIYALARDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI"

ABI

Abstract

<em>Mazkur maqolada Toshkent-Samarqand yo'nalishi masofasining oralig'ida turistlar uchun to'xtash zarurati, ya'ni ikkilamchi turistik destinatsiyalarni sohada qanday ahamiyat kasb etishi, ularga bo'lgan e'tibor va turistlarning ehtiyoji uchun ushbu manzillar nimalar taqdim qila olishi, ikkilamchi jozibador destinatsiyalarning imkoniyatlari va ularda mavjud muammolarni ko'rib chiqish hamda bunga muvofiq yechim-takliflar kiritish haqida gap boradi. Bu yo'nalishda yuzaga kelayotgan asosiy muammolar 3tani tashkil qiladi. Birinchidan; Turistik infratuzilma</em><em><strong>[1]</strong></em><em>, ikkinchidan xizmat ko'rsatish</em><em><strong>[2]</strong></em><em>, uchinchidan ikkilamchi manzillarda turistik obyektlarning shakllanmaganligidir</em><em><strong>[3]</strong></em><em>.</em><em> Ushbu muammolarga yechim-takliflar tariqasida quyidagilarni kiritish mumkin. Turizm infratuzilmasi-Yo'llarning yaroqlilik va xavfsizlik holatini yaxshilash, joylarda tegishli yo'l belgilarini ko'paytirish; xizmat ko'rsatish-Ikkilamchi manzillarda turistlarni ehtiyojlari uchun xizmat qiladigan bekat-shahobchalar (hojatxonalar) tashkil qilish; Ikkilamchi manzillarda turistik obyektlarning shakllanmaganligi-Ekoturistik va agroturistik zonalarga e'tibor qaratish va u hududlarga turistlarni ko'proq jalb qilish lozim. Umumiy Ikkilamchi turistik destinatsiyalarning ahamiyati va ularga e'tibor qaratishning asosiy maqsadi sayohatga kelgan turistlarni imkon boricha ko'proq vaqt davomida mamlakatda ushlab turish va ularga O'zbekistonning turizm potensialini faqatgina ma'lum belgilangan bir xil yo'nalishda (biryoqlama) emas, balki turizm sanoatimizni ikkiyoqlama xususiyatlarini, imkoniyatlarini, resurslarini ko'rsatish va ochib berishdan iborat. </em> [1] Turistik infratuzilma-Bu turizmni rivojlantirish uchun moddiy va tashkiliy bazani tashkil etuvchi obyektlar va muassasalar majmui [2] Xizmat ko’rsatish-Turizm doirasida va jarayonida iste’molchiga ko’rsatiladigan transport, joylashtirish, ovqatlanish, turistik va ekskursiya xizmatlari sohasidagi elementar yagona yoki yig’iladigan turistik mahsulot [3] Turistik obyekt -diqqatga sazovor, jozibador ahamiyatga ega turistlar e’tiborini jalb qiladigan manzillar

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references