Skip to main content
Article

ALISHER NAVOIY “G‘AROYIB US-SIG‘AR” DEVONIDAGI G‘AZALLAR QOFIYALARINING BADIIYATI XUSUSIDA

ABI

Abstract

Qofiya — mumtoz she’rning muhim unsuri. Sharq she’rshunosligida ko‘p asrlar davomida tadqiq etilgan ushbu adabiy hodisaning muayyan ijodkor she’rlari misolida o‘rganilishi, bir jihatdan, tanlangan ijodkor she’rlari jozibasini nozikroq his qilishga ko‘maklashsa, ikkinchi tomondan, mavjud nazariy qarashlarni bugungi adabiyotshunoslik nuqtayi nazaridan amaliyotga tatbiq etish imkoniyati va ko‘lamlarini ko‘rsatadi. Zero, mutfakkir ijodkorlar asarlarida ifodalangan ayrim hayotiy mavzular, teran falsafiy mushohadalarni ijodkor mahorati bilan bog‘lab o‘rganish hamma zamonlar uchun dolzarbdir. Muallif maqolada “G‘aroyib us-sig‘ar” devonidagi g‘azallarda qo‘llanilgan qofiyalarning barchasini izchil o‘rganib chiqib, ularning turlari va ifoda imkoniyatlari haqidagi o‘z xulosalarini bayon qilgan, qofiyaga bevosita bog‘liq bo‘lgan radiflarni sinchiklab o‘rganib, ularning g‘azal ma’no-mohiyatini idrok etishdagi imkoniyatlariga e’tiborni qaratgan. G‘azallardagi qofiyaning mujarrad qofiya, murdaf qofiya (ridfli qofiya), muqayyad qofiya (qaydli qofiya), muassas qofiya (ta’sisli qofiya) kabi turlari ko‘rsatib berilgan. Shuningdek, radif bilan bog‘liq holda nomlanadigan besh yuztaga yaqin muraddaf g‘azallar o‘rganilib, o‘rinli misollar bilan tushuntirilgan; e’not (luzumi moloyalzam) qofiyali g‘azallar, ma’mula yo ja’liy qofiyali g‘azallar, zuqofiyatayn baytlar, ichki va yon qofiyali g‘azallar (musajja’ g‘azallar), mahjub (hojibli) baytlar, radd ul-qofiya g‘azallar ham maxsus o‘rganilgan, ularga oid statistik ma’lumotlar berilgan

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references