Skip to main content
Article

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR TA'LIM- TARBIYASIDA O'YINLARNING AHAMIYATI

ABI

Abstract

O’yin bola faoliyatining asosini tashkil etadigan ko’rinishlardan biridir. Bolalar kamolati yo’lida ishlab chiqilayotgan turli o’yinlar nazariyasi ta’lim-tarbiya uchun ham naqadar qimmatlidir. Juda qadim zamondan boshlab ko’plab olimlar, tadqiqotchilar, ma’daniyat tarixchilari o’zlarining olib borgan tadqiqot ishlarida o’yinning o’ziga xosligi, uning nafaqat alohida shaxs hayoti balki jamiyat hayotida turgan o’rni va ahamiyati haqida fikrlar bildirganlar. Ular o’yinning qadrini uning shartliligini, uning bolalar xulqini shakllantirishdagi o’rnini, muomala-munosabati chog’idagi bolaning hatti-harakatlarini aniqlab olishdagi ahamiyatini alohida ta’kidlaydilar. O’yin, ayniqsa, maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalar hayotining asosiy mazmuni tashkil etadi, u mehnat va ta’lim bilan uzviy aloqada bo’lgan holda yetakchi faoliyati sifatida namoyon bo’ladi. Bola shug’ullanadigan ishlarning ko’pchiligi o’yin shaklida bo’ladi. O’yin chog’ida bolada mavjud barcha jihatlar ishga tushadi: bola harakat qiladi, gapiradi, idrok qiladi, o’ylaydi uning holati xotirasi ko’chli ishlaydi, ta’sirchanlik va iroda sifatlari namoyon bo’ladi.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references